18:16 / 25.07.2019
21453

Parijda mutlaq harorat rekordi qayd etildi

Foto: REUTERS

Parijda mutlaq harorat rekordi qayd etildi – termometrlar 40,6 darajani ko‘rsatdi, deb xabar berdi Meteo France.

Meteorologlarning ma'lumot berishicha, Monsuri parki hududida harorat 40,6 darajaga yetgan va ko‘tarilishda davom etmoqda.  

O‘ta jazirama harorat sababli Fransiyaning 20 departamentida qizil darajadagi xavf e'lon qilindi.  

Fransiyada dastlabki issiq harorat iyun oxirlarida kuzatilgandi, o‘shanda ham harorat 40 darajadan yuqori bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top