09:10 / 29.07.2019
6759

Buyuk Britaniya Fors ko‘rfaziga yana bir harbiy kemasini yubordi

Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuchlarining HMS Duncan kemasi Fors ko‘rfaziga kirdi. U Eron bilan munosabatlar yomonlashgani ortidan mamlakat fuqarolik kemalarini muhofaza qiladi, deb xabar qilmoqda BBC. 

Shuningdek, HMS Montrose fregati ham ayni ko‘rfazda faoliyat yuritmoqda. Britaniya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, fregat mintaqada bo‘lib turgan muddat mobaynida Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Britaniya bayrog‘i ostida suzgan 35ta kemaga kuzatib qo‘ygan. 

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya mudofaa vazirining ta'kidlashicha, rasmiy London muammoni diplomatik yo‘l bilan hal etishga harakat qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Britaniya bayrog‘i ostida harakatlangan Stena Impero kemasini hibsga olgan edi. U Eronning Ho‘rmuzgon viloyati Bandar-Abbos portiga olib ketilgan. 

Stena Impero kemasi bilan bog‘liq vaziyatni Gibraltar hukumatining 4 iyul kuni Eron neftini YeI sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda Suriyaga yetkazib berishda gumon qilingan GRACE 1 tankerini ushlanishi bilan izohlash mumkin. Tehron tankerni qo‘yib yuborishga chaqirmoqda. 

Top