22:23 / 31.07.2019
8916

Germaniya AQSh yetakchiligidagi Hurmuz bo‘g‘ozi amaliyotida ishtirok etmaydi

Foto: John Thys/AFP via Getty Images

Germaniya AQSh yetakchiligida Eron yaqinidagi Hurmuz bo‘g‘ozini xavfsizlantirish amaliyotida qatnashmaydi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Heyko Maas shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Reuters. 

Maas Varshavaga safari chog‘ida jurnalistlar bilan muloqotida, Germaniya mintaqada vaziyatning keskinlashuvini xohlamayotganiga urg‘u berar ekan, muammoning harbiy yechimi yo‘qligini ta'kidlagan. 

«Germaniya Qo‘shma Shtatlar tomonidan taqdim etilgan va rejalashtirilgan dengiz amaliyotida ishtirok etmaydi», - degan Maas. 

Top