14:49 / 01.08.2019
6201

«Damas» salonidan o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 9 iyul kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Chilonzor tumanida qarovsiz qoldirilgan Buxoro viloyati Romitan tumanida yashovchi 29 yoshli Sh.N. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi orqa tomon oynasini ochib, salonidan 5 mln. so‘m pullari, 1 dona videoregistrator va 1 juft ovoz kuchaytirgichlarini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Ishkop qishlog‘ida yashovchi 19 yoshli Sh.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top