19:08 / 01.08.2019
13812
Reklama

Yevos fast-fudlari endi Sergelida ham bor

Toshkent shahrida Yevos fast-fud tarmog‘ining yangi filiali ish boshladi.

Yevos Toshkent shahri Sergeli tumanida o‘zining 32 filialini ochdi. Bu filial Sergeli-8 mavzesida joylashgan. 31 iyul kuni mazkur filialning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Yevos har bir filiali ochilishi alohida bir bayram. O‘zgacha shukuh va harorat bilan kutib olinadi. Bu bejiz emas, albatta. Yuqori sifat va mazali taomlar, ozoda, shinam jihozlar va eng muhimi har bir mijozga xushmuomala munosabat xalqimiz ko‘nglidan chuqur joy olgan! Bu, shubhasiz, kompaniya muvaffaqiyati garovi bo‘lib xizmat qiladi.

Yevos bu kabi tadbirlarda aholiga nafaqat mazali taomlarni taqdim etadi, balki turli xil bonuslari, shou-konsertlari bilan xalq ko‘nglini olishga intiladi.

Yevos ochilish marosimlarini mashhur televideniye yulduzi Dilshod Mirzamurodovsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. U bunday tadbirlarning doimiy mehmoni. Uning hazilga boy gaplari, nozik qochirimlari tomoshabinlarning jon-u dili desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu galgi ochilish marosimi ham turli o‘yinlari, ko‘ngilochar dasturlari, pantomima ustalarining chiqishlari, ko‘zboylag‘ichlarning kutilmagan sahna ko‘rinishlari, ko‘plab sovg‘alari bilan esda qolarli bo‘ldi. Unda qatnashgan borki, kompaniyaning esdalik sovg‘alari, Yevos fast-fud tarmog‘i filiallarida ovqatlanish uchun pul mukofotlariga ega bo‘ldilar.

Ayniqsa, masxarabozlar, pantomima aktyorlari bolajonlarga o‘zgacha zavq ulashdi.

Akrobatlar tomonidan ko‘rsatilgan tryuklar, olovli ko‘rgazma tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Dastur davomida estrada xonandalarining qo‘shiqlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Via Marokanda guruhi Yevos'ning doimiy mehmoniga aylangan. Muxlislar jo‘rligida kuylangan qo‘shiqlar barchaga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Ochilish marosimining eng yuqori zavqli nuqtasi bu — Dubayga ikki kishilik sayohat chiptasi o‘ynalishi bo‘ldi. Mehmonlar Yevos yangi tamaddixonasiga kelib, bir-biridan xushta'm taomlarni tanovul qilish bilan birga Dubayga ikki kishilik sayohat chiptasi uchun o‘yinda ishtirok etishga muyassar bo‘ldilar. Tadbir oxirida tasodifiy tanlov asosida g‘olib aniqlandi. Eng omadli ishtirokchiga Dubayga sayohat nasib etdi.

Yevos siz va yaqinlaringizga doimo mazali va to‘yimli fast-fudlarni taqdim etadi. Kompaniya xodimlari mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan mamnun!

Manzil: Toshkent shahri, Sirg‘ali tumani,Yangi Sirg‘ali ko‘chasi, 27.⠀

Mo‘ljal: "Zelyoniy bazar"

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top