19:30 / 02.08.2019
15709

Ilk bor Markaziy harbiy okrugda harbiy gazeta chop etildi (foto)

29 iyul kuni birinchi marotaba Mudofaa vazirligiga qarashli okruglar ichida Markaziy harbiy okrugi nashri – «Sarhad» harbiy gazetasining ilk soni chop etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Harbiy gazetani ilk nashrida Mudofaa sohasidagi ochiqlik siyosati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Gazetaning 1-2-sahifasida Mudofaa vaziri, harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni va uning o‘rinbosarlari haqidagi biografik ma'lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga, 8-sahifani o‘z ichiga olgan gazetada qonunchilikdagi o‘zgarishlar, Markaziy harbiy okrug hududi, tashkil topgan sana va vazifalari, Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlaridagi harbiy qismlarda o‘tkazilgan turli xil tadbirlar, bolajonlar uchun qiziqarli o‘yinlar, namunali harbiylarning hayoti haqida hikoya qilinadi.

Mazkur harbiy gazeta Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov hamda «Sarhad MChJ» direktori – «Sarhad» gazetasi bosh muharriri Alibek Ergashev tomonidan imzolangan memorandum asosida nashrga tayyorlanyapti. Shartnomaga ko‘ra, tez fursatda 1500 nusxada chop etilayotgan gazeta faoliyati butunlay harbiy okrug tasarrufiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Harbiy nashrni dastlabki soni okrug Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan materiallar asosida sahifalandi. Kelgusida gazeta ijodkorlari harbiy okrug sarhadi bo‘ylab sayohat qilib, qaynoq jarayon haqida rang-barang maqolalar tayyorlashni maqsad qilishgan. 

– Harbiy gazetamizni oddiy fuqarolar ham o‘qib, kuzatib borishlari mumkin, – deydi okrug Matbuot xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kapitan G‘ayratjon Madrahimov. – Buning uchun gazetaga obuna bo‘lishlari shart emas. Gazetani har bir sonini Markaziy harbiy okrug rasmiy sayti hamda telegram kanaliga joylab boramiz. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, okrugdagi Matbuot xizmati bo‘limi yaqinda tashkil etilganiga qaramasdan, oldinga dadil odimlayapmiz. Agentlik, Mudofaa vazirligi hamda Markaziy harbiy okrug rahbariyati bugungiday hamisha qo‘llab turadi degan umiddaman.

Ma'lumot uchun, Markaziy harbiy okrugining rasmiy veb-sayti: mho.sarhad.uz

Telegram kanali: @mho_sarhad

Play Market orqali saytni mobil ilovasini telefoningizga ko‘chirib oling: mho.sarhad.uz

Markaziy harbiy okrug tarkibiga Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlaridagi harbiy qismlar kiradi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top