14:11 / 04.08.2019
8733

Andijon shahridagi tashkilot ma'muriy binosida yong‘in ro‘y berdi

3 avgust kuni kechasi Andijon shahar Aylanma ko‘chasida joylashgan «Avtotex-xizmat» MChJning ma'muriy binosida yong‘in ro‘y berdi.

Shahar Yong‘in xavfsizligi boshqamasidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, binoning 2-qavati taxminan 70 metr kvadrat maydonda ichki yog‘och qoplamasi, shift qismi va xona jihozlari yongan.

Yong‘in soat 22:15da boshlangan, o‘t o‘chirish xizmati xodimlari 22:22da yetib borib, 22:27da yong‘in hududini o‘rab olishgan va soat 22:55ga borib yong‘in o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Ma'muriy binoning taxminan 200 m.kv. maydoni saqlab qolingan.

Voqea joyiga viloyat FVB YoXB boshlig‘i podpolkovnik J.X.Karimov, viloyat FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i mayor A.Qo‘chqorov, KVTB navbatchi guruhi, shahar FVB YoXB boshlig‘i podpolkovnik I.Azizov va shahar IIB TTG guruhi chiqqan. 

Ta'kidlanishicha, shu yilning 25 yanvarida Andijon shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi inspektori leytenant R.Xayitjo‘jayev tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli obektlarda yong‘in profilaktik ko‘rigi o‘tkazilib, 15 banddan iborat tavsiyanomalar ma'lumotnomasi berilgan edi.

Mavzuga oid
Top