13:57 / 07.08.2019
13710

Samarqandda 623 million so‘mga 30ta bekat qurilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan ayni paytda viloyatning tuman va shaharlarida 19 ta zamonaviy bekat qurish ishlari davom etmoqda.

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Obod qishloq - 2019” dasturi doirasida ichki avtomobil yo‘llarida jami 30 ta bekat qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularni mustaqillikning 28 yillik shodiyonasiga qadar bitkazish rejalashtirilgan. Mazkur bekatlar viloyat transport boshqarmasi tomonidan ajratilgan 623 million 753 ming so‘m mablag‘ evaziga qurilmoqda.

Hozirga qadar Paxtachi, Narpay va Qo‘shrabot tumanida 3 tadan Nurobod, Oqdaryo, Bulung‘ur va Payariq tumanida 2 tadan hamda Kattaqo‘rg‘on va Toyloq tumanida 1 tadan bekat qurish ishlari davom etyapti.

Top