21:32 / 07.08.2019
41556

Sobiq ittifoqning 1-raqamli dala hovlisi 1,2 mlrd rublga sotildi 

Foto: Vladimir Musaelyan/TASS

Qrimning janubidagi Quyi Oreandda sobiq ittifoqning 1-raqamli davlat dachasi sotildi. Bu dala hovli Qrim Rossiya tarkibiga kirgandan keyin mahalliy hokimiyat tomonidan milliylashtirilgandi. 

Dala hovli 1,2 mlrd rublga sotilgan. Bu haqda Qrimning mulkiy va yer munosabatlari vaziri Anna Anyuxina ma'lum qildi. U obekt Rossiyaning yuridik shaxsi tomonidan xarid qilinganini aytgan, biroq bu qanday kompaniya ekanligiga aniqlik kiritmagan. 

Ushbu dala hovli 1955 yilda qurilgan va sobiq ittifoq rahbarlaridan biri – Leonid Brejnevning yarimoroldagi eng sevimli dam olish joylaridan biriga aylangan.

Ukrainada Leonid Kuchma prezident bo‘lgan vaqtda dala hovli oliy rada tasarrufidan Ukraina soliq ma'muriyati balansiga o‘tkazilgan va “Glitsiniya” sihatgohi deb atala boshlangan.

Mavzuga oid
Top