16:30 / 07.08.2019
12402

«Toshkent» xalqaro aeroportida patrul-post xizmati punkti o‘rnatildi

Fuqarolarga va O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlarga o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatish uchun “Toshkent” Xalqaro aeroportiga yaqin hududda «Police» yozuvi bor poytaxt IIBB patrul-post xizmati punkti faoliyat ko‘rsata boshladi. 

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu punktda kechayu-kunduz Toshkent shahar IIBB xodimlari xizmat olib borishadi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Bundan tashqari, punktning ichida o‘rnatilgan monitorlar aeroport hududi bo‘ylab o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining tasvirini uzatib beradi. Bu esa ichki ishlar xodimlariga vaziyatni nazorat qilishlariga, jamoat tartibi buzilgan holatlarda tezda voqea joyiga yetib kelishlariga imkoniyat yaratadi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Ushbu PPX punkti va ichki ishlar xodimlarining aeroport yaqinida xizmat qilishlari, poytaxtga kelayotgan mehmonlarda xavfsizlik hissini uyg‘otadi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top