17:54 / 07.08.2019
8420

Yevroittifoq AQShning Venesuelaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlamoqchi emas

Foto: Getty Images

Yevroittifoq AQShning Venesuelaga qarshi bir tomonlama cheklov choralarini qo‘llab-quvvatlash niyatida emas. Bu haqda Yevropa komissiyasining rasmiy vakili Karlos Ruis de Gordexuela ma'lum qildi.

"AQSh sanksiyalari bo‘yicha bizning pozitsiyamiz aniq. Biz odatda bunga izoh bermaymiz, ammo bir tomonlama eksterritorial choralar qo‘llanilishiga har doim qarshi chiqamiz", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI siyosiy vaziyat rivojlanishidan kelib chiqib Venesuelaga qarshi qora ro‘yxatni qisqartirishi yoki kengaytirishi mumkin, ammo aholi holatini yomonlashtiruvchi hech qanday sanksiyaviy choralar kiritmaydi.  

Tramp dushanba kuni Venesuela hukumatining Amerika yurisdiksiyasi ostidagi mulklarii to‘liq bloklash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. The Washington Post gazetasining qayd etishicha, Trampning farmoni Venesuelaga qarshi "to‘liq iqtisodiy embargo kiritilishi"ni anglatadi.

Top