21:51 / 08.08.2019
20955

Atamboyevning mingga yaqin tarafdorlari Bishkek tomon yo‘l oldi

Foto: Sputnik / Nuris Alymbayev

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning mingga yaqin tarafdorlari Bishkek tomon yo‘l oldi. Bu haqda Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi a'zosi Adil Turdukulov ma'lum qildi.

"Qo‘y-Toshdan Bishkek tomon mingga yaqin kishi ketmoqda", - deb yozdi Turdukulov Facebook sahifasida.

RIA Novosti muxbirining xabar berishicha, Atamboyev so‘roq qilinishi uchun olib kelingan mamlakat IIV binosi atrofida hozircha osoyishtalik.  

Avvalroq sobiq prezident uzoq muzokaralardan so‘ng hukumat kuchlariga taslim bo‘lgandi. U Bishkekka olib kelingan.

Mavzuga oid
Top