17:37 / 09.08.2019
64424

Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi

Foto: 24.kg

Huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Bu haqda juma kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi.

«Atamboyev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi va hech qanday hujjatlarni imzolamadi», - deya advokat Slesarev so‘zlarini keltirmoqda Zakon.kz.

Sergey Slesarevning aytishicha, gap ehtiyot chorasini o‘zgartirish haqidagi iltimosnoma, ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi hujjat, shuningdek, so‘roq bayonnomasi va protsessual qoidalarda ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar bo‘yicha qaror haqida ketmoqda.

Bundan oldin, Almazbek Atamboyev 26 avgustgacha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasida saqlanishi xabar qilingandi.

Shuningdek, Qirg‘iziston muxolifat partiyasi yetakchisi Omurbek Babanov mamlakatga qaytgan.

Mavzuga oid
Top