14:45 / 09.08.2019
19866

Buxoroga 65ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Buxoro shahrida aholiga bir necha yildan buyon transport xizmati ko‘rsatib kelayotgan “Alixan Trans” MChJ korxonasi 4 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit hisobiga Xitoydan 65 ta zamonaviy “Asiastar Yaxing Werstar” avtobuslarini olib kelmoqda. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Ushbu avtobuslarning 60 tasi o‘rta sig‘imli bo‘lib, ular shahar ichi yo‘nalishlarida qatnovlarga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Avtobuslarning 5 tasi esa katta sig‘imli bo‘lib ular turizm sohasida transport xizmatlarini ko‘rsatishga jalb etiladi. 

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Yuqori darajadagi qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy avtobuslar joriy yilning 24 avgust kunidan boshlab Buxoro shahri yo‘nalishlarida qatnovlarni amalga oshirib, yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatishni boshlaydi. 

Mavzuga oid
Top