09:50 / 09.08.2019
34071

IIV markaziy apparatida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, podpolkovnik Ibrohimjon Otajonovich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi IIV Moliya va moddiy-texnika ta'minoti bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Ibrohimjon Abdurahmonov 

Ma'lumot uchun: Ibrohimjon Abdurahmonov Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Top