14:01 / 10.08.2019
31653

Haj-2019. Saudiya Arabistonida qirg‘izistonlik uch nafar ziyoratchi vafot etdi

Foto: Reuters / Ahmad Masood

Makka shahrida (Saudiya Arabistoni) qirg‘izistonlik uch nafar ziyoratchi vafot etdi. Bu haqdagi ma'lumotni 24.kg’ga Qirg‘iziston Musulmonlari idorasi matbuot kotibi Maqsat Otabayev tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘izistonliklar qarindoshlarining roziligi bilan Makkada dafn etilgan. O‘lim sababi hozircha noma'lum. Muftiyot ma'lumotlariga ko‘ra, hayotdan ko‘z yumganlarning uch nafari ham 60 yoshdan oshgan.

Bugun ziyoratchilar Arafot vodiysiga Hajning asosiy marosimini bajarish uchun yetib kelishmoqda.

Bundan oldin, Haj-2019 mavsumida xavfsizlik uchun 400 mingga yaqin harbiy jalb etilgani, hojilar soni esa rekord darajaga yetishi kutilayotgani xabar qilingandi

Top