13:14 / 10.08.2019
12608

Valverde Neymarning qaytishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Foto: AFP/Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde «PSJ» hujumchisi Neymarning qaytishi haiqdagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Nima yuz berishini ko‘ramiz. Hozircha bunday savollarga odatdagidek javob berish mumkin – Neymar boshqa klub futbolchisi. Tamom.

Men faqat o‘z futbolchilarim haqida gapira olaman. Albatta ertaga yangi futbolchilar kelishi mumkin. Ammo kelajakda nima yuz berishini bilmayman», - dedi Valverde.

O‘tgan mavsumda Neymar «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol urgan va 13ta golga hammualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2022 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Top