18:30 / 10.08.2019
12522

Xitoydagi supertayfun qurbonlari soni 18 kishiga yetdi

Foto: ChinaDaily

Xitoyning sharqiy qismiga yetib kelgan “Lekima” supertayfuni qurbonlari soni 18 kishiga yetdi, deb xabar berdi Xitoy OAV.

Bundan tashqari, Chjetszyan provinsiyasida 16 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. G‘arb OAVning ma'lumotiga ko‘ra, bu provinsiyada kuchli yomg‘irlar tog‘ ko‘chkisiga sabab bo‘lgan.

Xitoy hukumati, tayfun tufayli 1 mlndan ortiq kishini, jumladan Shanxaydan 253 ming kishini evakuatsiya qildi.  

So‘nggi xabarlarga qaraganda, Shanxayda 200dan ortiq uy vayron bo‘lgan va 3200tasiga shikast yetgan.

Supertayfun sababli Xitoyda 2100 ta aviareys bekor qilingan, ayrim yo‘nalishlardagi temiryo‘l qatnovi bekor qilingan.  

Top