09:26 / 12.08.2019
16140

Oilaviy janjalda qaynotasini ketmon bilan jarohatlagan kelin ushlandi

2019 yil 11 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida yashovchi 25 yoshli R.S. ismli ayol uyida oilaviy janjal oqibatida qaynotasi 62 yoshli F.X.ning orqa ko‘krak qismiga ketmon bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada F.X. kasalxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.S. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top