21:34 / 12.08.2019
17662

Tanishing - O‘ZBEKISTONNIKI YaXShI!

"O‘zbekoziqovqatxolding" XK raisi Toxirjon Jalilov- Bugun biz mamlakatimiz fuqarolarining yuqori sifatli mahalliy mahsulotlardan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish uchun bo‘limimiz tomonidan ishlab chiqilgan dasturni e'tiboringizga havola qilamiz.

Har bir inson eng yaxshisini qidiradi. Yuqori sifatli mahalliy mahsulotlarga keng iste'molchilar e'tiborini jalb qilish esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning foydali xususiyatlari, ilg‘or texnologiyalari hamda mahsulotning tarkibiy qismlari haqida yuqori mahorat bilan, professional darajada va qiziqarli qilib so‘zlab berishdadir.

Bu holat iste'molchilarimizga sanoatimizning eng yaxshi vakillarini tez va oson tanishtirish imkonini yaratib beradigan Davlat dasturini ishlab chiqarishimizga turtki bo‘ldi. Shunday qilib, oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan o‘zbek mahsulotlarini maxsus ramzlash bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Fikrimizcha, bu O‘zbekistonni o‘z vatani deb biladigan aholining hurmati va g‘ururi o‘sishiga yordam beradi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantiradi. Bu ishlab chiqaruvchilarning oziq-ovqat sanoati mahsulotlari (xizmatlarini qadoqlash, saralash, saqlash va etkazib berish) sifatini yaxshilashga bo‘lgan intilishlarini kuchaytiradi

Dastur yordamida biz o‘zbekistonliklarning fuqarolik javobgarligi oshishiga umid qilamiz. Mamlakat fuqarolari mahalliy mahsulotlarni sotib olayotganda, ular eng yaxshi, xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan foydali mahsulotlarni iste'mol qilishlarini va bundan tashqari, mamlakat iqtisodiyotini shaxsan qo‘llab-quvvatlab, farovonlik asoslarini yaratishga o‘z hissalarini qo‘shayotganliklarini tushunadilar.

“O‘zbekistonniki yaxshi” davlat dasturi jamiyatni birlashtirishga imkon beradi. Barchamiz birgalikda, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlagan holda, yurtdoshlarimiz tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olib, shu yerda va hozirning o‘zidayoq o‘zimiz uchun yaxshiroq hayotni yaratamiz. Farzandlarimizning qanday mamlakatda voyaga yetishi bevosita bizga bog‘liqdir.

“O‘zbekistonniki yaxshi” – “Uzbekiskoye luchsheye” shiori, mahalliy mahsulotlar salohiyatiga yanada yuksakrok ishonch bildiradi.

Davlat yorlig‘i dasturini amalga oshirish ikkita asosiy usul orqali amalga oshiriladi. Birinchisi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining eng yaxshi vakillari mahsulotlarini tamg‘alash bo‘lsa, ikkinchisi - yuqori sifatli mahalliy mahsulotlarni namoyish etadigan do‘kon derazalari, peshtaxtalar va boshqa savdo va ko‘rgazma uskunalarida ramzni aks ettirishdir.

Dasturni amalga oshirish doirasida mahsulotlarni tamg‘alashdan tashqari, iste'molchiga ma'lum raqobatdosh ustunliklar haqida ham ma'lumot berib o‘tish, ushbu ma'lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo nuqtalarida joylashtirish hamda ijtimoiy va ommaviy axborot vositalari materiallarida joylashtirish joizdir.

Dasturni amalga oshirishda axborot ta'minoti har tomonlama samarali bo‘ladi. Ushbu bosqichda biz munosib ishlab chiqaruvchilarni tanlash me'zonlarini ishlab chiqmoqdamiz. Ijtimoiy reklama loyihasini yaratish uchun vizual materiallar tayyorlanmoqda.

Yaqin kunlarda biz ramzlash davlat dasturi doirasida eng yaxshi vizual material loyihasi uchun ochiq fuqarolik tanlovini e'lon qilamiz.

Bugun biz mamlakatimiz fuqarolarining yuqori sifatli mahalliy mahsulotlardan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish uchun bo‘limimiz tomonidan ishlab chiqilgan dasturni e'tiboringizga havola qilamiz.

Har bir inson eng yaxshisini qidiradi. Yuqori sifatli mahalliy mahsulotlarga keng iste'molchilar e'tiborini jalb qilish esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning foydali xususiyatlari, ilg‘or texnologiyalari hamda mahsulotning tarkibiy qismlari haqida yuqori mahorat bilan, professional darajada va qiziqarli qilib so‘zlab berishdadir.

Bu holat iste'molchilarimizga sanoatimizning eng yaxshi vakillarini tez va oson tanishtirish imkonini yaratib beradigan Davlat dasturini ishlab chiqarishimizga turtki bo‘ldi. Shunday qilib, oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan o‘zbek mahsulotlarini maxsus ramzlash bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Fikrimizcha, bu O‘zbekistonni o‘z vatani deb biladigan aholining hurmati va g‘ururi o‘sishiga yordam beradi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantiradi. Bu ishlab chiqaruvchilarning oziq-ovqat sanoati mahsulotlari (xizmatlarini qadoqlash, saralash, saqlash va etkazib berish) sifatini yaxshilashga bo‘lgan intilishlarini kuchaytiradi

Dastur yordamida biz o‘zbekistonliklarning fuqarolik javobgarligi oshishiga umid qilamiz. Mamlakat fuqarolari mahalliy mahsulotlarni sotib olayotganda, ular eng yaxshi, xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan foydali mahsulotlarni iste'mol qilishlarini va bundan tashqari, mamlakat iqtisodiyotini shaxsan qo‘llab-quvvatlab, farovonlik asoslarini yaratishga o‘z hissalarini qo‘shayotganliklarini tushunadilar.

“O‘zbekistonniki yaxshi” davlat dasturi jamiyatni birlashtirishga imkon beradi. Barchamiz birgalikda, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlagan holda, yurtdoshlarimiz tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olib, shu yerda va hozirning o‘zidayoq o‘zimiz uchun yaxshiroq hayotni yaratamiz. Farzandlarimizning qanday mamlakatda voyaga yetishi bevosita bizga bog‘liqdir.

“O‘zbekistonniki yaxshi” – “Uzbekskoye luchsheye” shiori, mahalliy mahsulotlar salohiyatiga yanada yuksakrok ishonch bildiradi.

Mavzuga oid
Top