18:07 / 14.08.2019
31762

Maksim Shatskix ishsiz qoldi

Maksim Shatskix /Foto: dynamo.kiev.ua

Kiyevning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevich iste'foga chiqarildi.

U bilan birga murabbiylar shtabining barcha a'zolariga, jumladan Oleg Lujniy, Visente Gomes va Maksim Shatskixga ham javob berildi.

Jamoani keyingi o‘yinlarga kim tayyorlashi hozircha ma'lum emas.

Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» Chempionlar Ligasi saralashining 3-bosqichida Belgiyaning «Bryugge» klubi to‘sig‘idan o‘tolmadi. Safarda 0:1 hisobida yutqazgan kiyevliklar o‘z maydonida 3:3 hisobini qayd etishdi xolos. Natijada «Dinamo» Xatskevich qo‘l ostida qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqolmadi.

Aleksandr Xatskevich

Aleksandr Xatskevich «Dinamo» klubida 2017 - 2019 yillar davomida ishladi. Jamoa bu davr mobaynida ikki marta Ukraina Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuncha marta chempionatning kumush medali sovrindori bo‘ldi.

Maksim Shatskix 2017 yildan beri Xatskevichning assistenti bo‘lib ishlab kelayotgan edi. U O‘zbekiston milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi – 61ta o‘yinda 34ta gol.

Top