15:57 / 15.08.2019
14452
Reklama

«Qishloq qurilish bank»: murojaatlar yechimini topmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yilning 2 avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tijorat banklariga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida aksiyadorlik tijorat «Qishloq qurilish bank» Boshqaruvi rahbarlari joylarda aholi va tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Bank Boshqaruvi raisi Bahodir Mullaxonov Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida tashkil qilingan ana shunday sayyor uchrashuvlarda qatnashdi.

Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Alisher Murotov ishtirokidagi tadbirlar Sirdaryo viloyatining Yangiyer, Guliston shaharlarida, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farhod G‘ofurov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida, Nukus shahrida va Xorazm viloyatining Xiva, Xonqa tumanlarida, Urganch shahrida  tadbirkorlar va aholi vakillari bilan muloqot qildi.

Sayyor uchrashuvlarda 1000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Bank Boshqaruvi rahbariyati tomonidan 182 ta murojaat sayyor uchrashuv davomida ko‘rib chiqildi. Aholi va tadbirkorlarning ko‘plab murojaatlari tadbirlar davomida o‘z yechimini topdi. 

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirlarda tadbirkorlar o‘z faoliyatiga xalal berayotgan muammolarni bildirdilar va ko‘plab takliflar o‘rtaga tashlandi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan biznes-loyihalarga sarmoya ajratish  muhokamalar markazida bo‘ldi. Eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

«Qishloq qurilish bank» vakillari sayyor uchrashuvlar doirasida hududlardagi qator kichik biznes sub'yektlarida ham bo‘lishib, tadbirkorlarning ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik yangilash, eksportni oshirishga va qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan biznes loyihalarini moliyalashga kelishildi. 

Sayyor uchrashuvlarning navbatdagisi 2019 yilning 16 avgust kuni Navoiy viloyatida va Toshkent viloyatining Bekobod shahrida ATB «Qishloq qurilish bank» Boshqaruvi rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Bunday tadbirlar respublikaning boshqa hududlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz
Telegram: t.me/QQBank
Facebook:  fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top