09:00 / 15.08.2019
73826
Reklama

Toshkentda kvartirani ijaraga necha pulga olish mumkin?

Toshkent shahrida uy-joy ijarasi bozori asta-sekinlik bilan rivojlanib bormoqda. Chunonchi, bir tomondan, poytaxtga kirib kelayotgan xorijliklar va mamlakat fuqarolarining soni sezilarli darajada ortib borayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan esa, tobora ko‘plab uy egalari ko‘chmas mulkni ijaraga berish bilan shug‘ullanmoqdalar. Hozirgi kunda uyni ijaraga berish yoki olish ancha oson bo‘lib qoldi.

Uybor.uz ko‘chmas mulk sayti Toshkent shahridagi kvartira ijarasi bozorining 2019 yil iyul oyi holatiga ko‘ra narxlarining quyidagi sharhini tayyorladi.

Poytaxtdagi nisbatan talab yuqori bo‘lgan 2 xonali uylarning o‘rtacha narxi oyiga 365 sh.b.ni tashkil qilsa, 1 xonali uylarning ijarasi 229 sh.b.ga teng. Bu borada eng arzon ijara variantlari oyiga 130 sh.b.dan boshlanib, odatda ular sobiq yotoqxonalar yoki shahar markazidan uzoqda bo‘lgan hududlarda taklif qilinadi.

Mirobod tumani, xususan TsUM, Rossiya mehmonxonasi, Oybek metrosi, Kosmonavtlar metrosi, Mirobod bozori kabi shaharning markaziy va obro‘li qismlari eng talabgir  hududlar hisoblanadi.

Xorijliklar va boshqa hududlardagi mehmonlar tomonidan talabning ortib borishi natijasida 2019 yilda uy -joy ijarasi narxining o‘sishi kuzatilmoqda. Agar mazkur yilning yanvar oyida kvartiraning 1 kv.m. ijarasining o‘rtacha narxi 5,9 sh.b.ni tashkil qilgan bo‘lsa, iyul oyiga kelib, u 6%ga o‘sib, 6,2 sh.b.ga yetdi.

Shahardagi eng qimmat kvartiralar Mirobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida taklif qilinadi. Xususan, mazkur yilning iyul oyida ularning o‘rtacha narxi 1 kv.m.ga 8,3 va 7,9 sh.b. nisbatni tashkil qildi. Yangi qurilgan uy-joylarning topshirilishi munosabati bilan ijara bozoridagi takliflarning ortishi va narxlar o‘sishining to‘xtash ehtimoli mavjud.

Agar siz kvartirangizni ijaraga bermoqchi yoki olmoqchi bo‘lsangiz, u holda Uybor.uz sayti bu ishni tez va oson bajara oladi. Shuningdek siz Uybor.uz ilovasini (PlayMarket dan yuklab oling,  Appstore dan yuklab oling) yuklab olishingiz va to‘g‘ridan to‘g‘ri smartfoningizdan foydalanishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top