19:24 / 16.08.2019
15402

Grenlandiya hukumati orol sotilmasligini ma'lum qildi

Grenlandiya sotilmaydi, deyiladi Daniya avtonom hududi hukumatining bayonotida. Avvalroq The Wall Street Journal AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani sotib olishga qiziqish bildirganini xabar qilgandi. 

Nashrning yozishicha, Tramp o‘z maslahatchilaridan AQSh Grenlandiyani sotib olishi mumkinligi haqida bir necha marotaba so‘ragan, orolning zaxiralari va geosiyosiy ahamiyati haqidagi muhokamalarni katta qiziqish bilan tinglagan. Muhokama qilinayotgan masalalar orasida AQShning Arktikadagi ishtirokini kengaytirish imkoniyati bor. Ta'kidlanishicha, prezident Oq uyning huquqiy maslahatchisidan loyiha ekspertizasini o‘tkazishni so‘ragan.

"AQSh bilan hamkorligimiz yaxshi va biz bu ma'lumotni mamlakatimizga yanada ko‘proq investitsiya kiritish va biz taklif etayotgan imkoniyatlarga qiziqish sifatida qabul qilamiz. Grenlandiya albatta, sotilmaydi. Xabar norasmiy tusga ega bo‘lganligi sababli Grenlandiya hukumati boshqa izohlar bermaydi", - deyiladi Grenlandiya hukumati bayonotida.

Grenlandiya – dunyodagi eng katta orol, u yerda 56 ming kishi yashaydi. Hudud siyosati va xavfsizlik masalalariga Daniya javobgar. 

Mavzuga oid
Top