14:16 / 16.08.2019
9471

«O‘zbekiston pochtasi» ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlar haqida ogohlantirdi

Foto: UzNews

«O‘zbekiston pochtasi»ning ma'lum qilishicha, ayni paytda ba'zi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida Samsung Galaxy S10 mobil telefonini yutib olish imkoniyati mavjudligi borasida amalga oshirilayotgan aksiya haqida spam-xabar tarqatilmoqda. 

Aksiyadorlik jamiyati xabarida qayd etilishicha, sovrinni olish uchun firibgarlar 18 000 so‘m miqdoridagi yetkazib berish to‘lovini so‘ramoqda.

“E'tiboringiz uchun, «O‘zbekiston pochtasi» AJ hech qanday promoaksiyalarni o‘tkazmayapti va tarqatilgan ma'lumotlar haqiqatdan yiroq!

Ushbu firibgarlikdan ehtiyot bo‘lishingizni, o‘zingizning shaxsiy ma'lumotlaringizni, shu jumladan, plastik kartangiz ma'lumotlarini hech kimga bermaslikni, shuningdek, kartalarga, Internet-hamyonlarga yoki boshqa yo‘l bilan oldindan to‘lovni o‘tkazmaslikni so‘raymiz! Ogoh bo‘ling!” - deyiladi «O‘zbekiston pochtasi» AJ ma'muriyati ma'lumotida.

Top