08:13 / 16.08.2019
14413

Turkiya prezidenti O‘zbekiston transport vositalariga mamlakat EIZ va portlariga kirishga ruxsat berdi

Foto: Business Turkey Today

O‘zbekiston Respublikasi davlat raqamli yuk transport vositalariga Turkiya davlatining erkin iqtisodiy zonalari va portlariga kirishga hamda yuk ortishga ruxsat berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi tomonidan har yili taqdim etiladigan kvotalar me'yorida O‘zbekiston Respublikasi davlat raqamli yuk transport vositalariga Turkiya davlatining erkin iqtisodiy zonalari va portlariga kirishga hamda yuk ortishga ruxsat berish bo‘yicha Turkiya prezidentining qarori qabul qilindi. 

“Mazkur qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va transport vositalariga katta qulaylik yaratib, yuk tashish hajmining oshishiga xizmat qiladi”, - deyiladi Transport vazirligi xabarida.

Top