15:22 / 19.08.2019
13016

Onlayn auksion orqali 2,5 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi

Foto: KUN.UZ

2019 yilning 12-18 avgustlarida “O‘zRTXB” AJda 765,3 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 8 %ga o‘sib, 422,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolarining hajmi avvalgi haftaga nisbatan 3,8 %ga kamayib, 655,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 2,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Eksportning tarkibida polietilen turli markalari 90 %, va paxta tolasi mahsulotlari 10 % egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 16,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 4,6 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 28,7 %ni egalladi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 632 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 16,8 % birinchi toifadagi avtoraqamlarga 52,5 % ikkinchi va 30,7 % uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Mavzuga oid
Top