11:00 / 19.08.2019
4121

«Qishloq qurilish bank»: sayyor uchrashuvlar davom etmoqda

Foto: Qishloq qurilish bank

Aksiyadorlik tijorat «Qishloq qurilish bank» Boshqaruvi rahbarlarining aholi va tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlari davom etmoqda.

Bank Boshqaruvi raisi Bahodir Mullaxonov 16 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlarida va Quva tumanida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlarda qatnashdi.

Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farhod G‘ofurov Navoiy viloyatining Konimex tumanida, Navoiy shahrida va Buxoro shahrida tadbirkorlar va aholi vakillari bilan muloqot qildi.

Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Alisher Murotov ishtirokidagi tadbir Bekobod shahrida bo‘lib o‘tdi.

Sayyor uchrashuvlarda ishtirokchilarning 100 dan ortiq murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ko‘plab murojaatlar tadbirlar davomida o‘z yechimini topdi. Aholi va tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirlarda tadbirkorlar o‘z faoliyatiga xalal berayotgan muammolarni bildirdilar va qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan biznes-loyihalarga sarmoya ajratish  muhokamalar markazida bo‘ldi. Eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

«Qishloq qurilish bank» vakillari sayyor uchrashuvlar doirasida xududlardagi qator kichik biznes sub'yektlarida ham bo‘lishib, tadbirkorlarning ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik yangilash, eksportni oshirishga va qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan biznes loyihalarini moliyalashga kelishildi.

Navbatdagi sayyor uchrashuvlar 2019 yilning 19 avgust kuni Qashqadaryo viloyatida, 20 avgust kuni Surxondaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.

«Qishloq qurilish bank» - farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun: 

Telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBANK

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top