20:31 / 21.08.2019
10192

Rossiya va Ukraina hibsdagi dengizchi va boshqa mahbuslarni qachon almashtirishi ma'lum qilindi

Foto : Aleksey Malgavko / RIA Novosti

Rossiya va Ukrainaning har ikki davlat hududida tutib turilgan o‘z fuqarolarini almashtirishi bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga kirdi, deb xabar berdi «Kommersant'». Nashr manbasining aytishicha, almashtiruv avgust oxirigacha bo‘lib o‘tadi.

Gazeta suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga o‘tgan yilning noyabrida Qora dengizda qo‘lga olingan uchta katerning dengizchilari aniq topshiriladi.  

RBK manbasining aytishicha, dengizchilarni berish to‘g‘risidagi qaror «allaqachon» qabul qilingan va avgustda ular vataniga qaytadi.  

Boshqa manbaning so‘zlariga ko‘ra, hibsdagi dengizchilarni almashtirishga Fransiya va Rossiya prezidentlari Emmanyuel Makron va Vladimir Putin o‘rtasidagi 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishib olingan.  

«Interfaks» agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, Kiyevga dengizchilardan tashqari Rossiyada turli jinoyatlarda ayblanib jazo o‘tayotgan yana besh nafar Ukraina fuqarosi topshiriladi.  

Top