08:05 / 21.08.2019
9843

Tramp Grenlandiya sababli Daniya bosh vaziri bilan uchrashuvni keyinga qoldirdi 

Foto: AP Photo/Alex Brandon

AQSh prezidenti Donald Tramp Daniya bosh vazir Mette Frederiksen Grenlandiya orolining sotilishini muhokama qilishni istamasligi sababli u bilan uchrashuvni keyinga qoldirdi.

Frederiksen avvalroq Trampning dunyodagi eng katta orolni sotib olish g‘oyasini bema'ni deb atagan, biroq Daniya AQSh prezidentining 2-3 sentyabrga belgilangan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgan.

Grenlandiya va Daniya rasmiylari orol AQSh bilan hamkorlikdan manfaatdorligini, biroq orol sotilmasligini aytishgan. 

Hozirda orol Daniya tarkibiga kirib, keng muxtoriyat huquqiga ega.

“Daniya ajoyib insonlarga ega o‘ziga xos davlat, biroq bosh vazir Mette Frederiksenning Grenlandiyaning sotib olinishini muhokama qilishdan manfaatdor emasligi haqidagi izohlariga asoslanib, men ikki haftadan keyinga rejalashtirilgan uchrashuvimizni boshqa vaqtga ko‘chiraman”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Avvalroq Tramp matbuot anjumanda haqiqatan ham orolni sotib olishga qiziqish bildirayotganini tasdiqlagandi. 

Mavzuga oid
Top