13:06 / 23.08.2019
24744

Jahon banki: 2020 yilda O‘zbekiston davlat qarzi YaIM 25 foizigacha yetishi mumkin

Foto: Flickr

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi to‘g‘risida hisobot e'lon qildi.

Hujjatga ko‘ra, investitsiyalarni faol jalb qilish va iste'molning ortishi YaIM o‘sishiga ta'sir qildi (2017 yildagi 4,5 foizdan 2019 yilning birinchi choragidagi 5,3 foizgacha).

«2017 yilda hukumat tomonidan iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha joriy etilgan choralar biznesdagi cheklovlarni bartaraf etishga yordam bermoqda», - deyiladi hisobotda.

Hujjatda aytilishicha, islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekistonga chet el valutasi yetishmasligi, yuqori import bojlari va soliq stavkalari oshishi to‘sqinlik qilgan.

Jahon banki mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, 2021 yilga kelib YaIM 6 foizni tashkil etadi.

«O‘rta muddatli istiqbolda infratuzilmani, xususan, energetika va transport sohalarida modernizatsiya qilish hamda sifatli oliy ta'limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish iqtisodiy salohiyatni mustahkamlashga yordam beradi», - deydi ekspertlar.

Shu bilan birga, 2019-2020 yillarda inflyatsion bosim saqlanib qoladi, 2020 yilga kelib esa davlat qarzi YaIMning 25 foizigacha ortadi.

Mavzuga oid
Top