11:07 / 28.08.2019
6784

Hongkongda favqulodda vaziyat tartibi kiritilishi mumkin 

Foto: REUTERS

Hongkong rahbariyati norozilik namoyishlari girdobida qolgan shaharda tartibsizliklarga barham berish uchun barcha qonuniy imkoniyatlarni, jumladan favqulodda vaziyat holatidagi choralar haqidagi qonunni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

“Biz ushbu bosqichda har qanday imkoniyatni istisno etmaymiz, chunki noroziliklar kelgusida qanchalik avj olishini bilmaymiz”, deb aytgan nashrga bir manba va vaziyat hali “favqulodda vaziyat kiritish nuqtasiga yetmagani” va yuqorida tilga olingan qonun hali muhokama qilinmaganini qo‘shimcha qilgan.

Ushbu qonun Hongkong Britaniya mustamlakasi bo‘lgan vaqtlarda ishlab chiqilgan va unga 1999 yilda tuzatishlar kiritilgan. U oxirgi marta 1967 yilgi tartibsizliklar vaqtida qo‘llangan. Ushbu qonun Hongkong ma'muriyati rahbari tomonidan jamiyatga xavf soluvchi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelsa, qonunchilik kengashi bilan kelishuvsiz qabul qilinishi mumkin.

Nashrning ta'kidlashicha, ushbu qonun qabul qilinsa, ijrochilik hokimiyatiga keng vakolatlar, jumladan hibsga olishga, deportatsiya qilishga order berish, barcha transport tugunlari ortidan nazorat, mol-mulkni musodara qilish, tintuvlar o‘tkazish huquqini beradi.

Top