16:10 / 30.08.2019
0
18873

O‘zbekiston va Turkmaniston davlat chegarasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

2019 yilning 24-30 avgust kunlari Turkmanistonning Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: TIV axborot xizmati

TIV xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida ikki mamlakat delegatsiyalari O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida demarkatsiya chizig‘i loyihasini o‘tkazishga kelishdilar hamda chegara demarkatsiyasi bo‘yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini yakunladilar.

Uchrashuvda umumiy Davlat chegarasida tomonlar bajaradigan demarkatsiya ishlari hajmi ham kelishildi.

Muzokaralar yakunlarida O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegishli protokolni imzoladilar.

Uchrashuv an'anaviy samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi, deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top