22:49 / 31.08.2019
0
6936

«Formula-2» poygasida fransiyalik 23 yoshli poygachi halok bo‘ldi

BWT Arden jamoasining fransiyalik 23 yoshli poygachisi Antuan Yuber Belgiyada bo‘lib o‘tayotgan «Formula-2» poygalarining to‘qqizinchi bosqichida halokatga uchrab hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) matbutot xizmati xabar berdi.

Yuber burilishdan chiqayotib bolid ustidan boshqaruvni yo‘qotgan va to‘siqqa urilgan. Uning ortidan kelayotgan amerikalik poygachi Xuan Manuel Korrea (Sauber Junior Team) katta tezlikda Yuberning mashinasiga kelib urilgan. 

Oqibatda fransiyalik poygachining bolidi ikkiga bo‘linib ketgan. Poygachilar zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan.

Yuber olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan, Korrea esa unchalik og‘ir bo‘lmagan jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top