22:57 / 31.08.2019
1
9907

Merkel kanslerlikdan ketganidan so‘ng nima bilan shug‘ullanishini aytdi

Foto: Reuters

Germaniya kansleri Angela Merkel Leypsigdagi menejment oliy maktabida so‘zlagan nutqida Fanlar akademiyasiga qaytmoqchi ekanligini bildirdi.

«Menga faxriy doktorlik darajasini bergan barcha universitetlar kanslerlikdan ketganimda bu haqda albatta eshitishadi. Men qaytaman va hozirgidek qisqa vaqtga qolmayman. Ancha uzoq vaqt qolaman», , — deya Merkelning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters. 

Merkel Leypsig universitetining fizika fakultetini tamomlagan, 1987-1989 yillarda GDR Fanlar akademiyasining fizik kimyo markaziy institutida ishlagan. Tabiiy fanlar doktori darajasini olganidan so‘ng tahliliy kimyo bo‘limiga o‘tgan.

Merkelning Germaniya kansleri lavozimidagi vakolati 2021 yilda tugaydi. U 2005 yildan buyon – qatorasiga to‘rtinchi muddat ushbu lavozimni egallab kelmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top