13:59 / 01.09.2019
4
14012

«Rostov» himoyachisining harakatlari «o‘n yillik seyvi» deb ataldi, Transfermarkt klublarga ushbu futbolchini xarid qilishni tavsiya etdi

Ispaniyadagi nufuzli AS nashri «Rostov» himoyachisi Yevgeniy Chernovning Rossiya Premer-Ligasining 8-turida «Lokomotiv»ga qarshi kechgan o‘yin (2:1) yakunidagi harakatlarini o‘n yillik seyvi deb atadi. 

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar davomida ushbu 26 yoshli futbolchi raqibning ikki zarbasini darvoza chizig‘i ustida qaytarib qoldi va jamoa darvozasi bo‘sh qolgan holatda goldan saqlab, jamoasi g‘alabaga erishishiga hissa qo‘shdi.

«Biz so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi seyvlariga guvoh bo‘ldik: 90-daqiqa, va u mo‘jiza sodir etdi», — deyiladi nashri sayti xabarida.

Shuningdek, futbol statistikalari bo‘yicha yirik sayt Transfermarkt klublarga «Rostov» himoyachisi Yevgeniy Chernovni sotib olishni tavsiya qilgan.

Transfermarkt portali ushbu futbolchining o‘yin yakunidagi xatti-harakatlariga quyidagicha sharh bergan: «Barcha klublar murabbiylariga, uni transferlar darchasi yakunigacha sotib olishni tavsiya etaman: Yevgeniy Chernov, 26 yosh, chap qanot himoyachisi, klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yoziga qadar, bozor narxi: 2 mln yevro».

«Rostov» Moskvadagi g‘alabadan keyin Premer-Liga turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Sariq-ko‘klar 8 o‘yinda 17 ochko jamg‘arishdi. FIFA kunlaridan keyin 15 sentabr kuni o‘tkaziladigan keyingi turda «Rostov» o‘z maydonida «Axmat»ni qabul qiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top