13:10 / 02.09.2019
0
9433

Darig‘a Nazarboyeva yana Qozog‘iston Senati spikeri lavozimiga saylandi

Foto: Kazinform

Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Senati spikeri lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatildi, deya xabar beradi «Kazinform».

Uning nomzodi Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tomonidan ilgari surilgan. «Darig‘a Nursultonovna Nazarboyevani Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senatining raisi etib saylashingizni so‘rayman», - deya Qosim-Jomart Toqayev nomidan matnni Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati majlisida prezident Administratsiyasi rahbari Krimbek Kusherbayev o‘qib eshittirgan.

Darig‘a Nazarboyeva 12 avgust kuni Senat deputati etib qayta tayinlangani sababli yangi ovoz berish jarayoni o‘tkazildi.

Bugun, palata majlisidagi yashirin ovoz berish paytida Senatning 48 deputati uning nomzodi uchun ovoz berdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top