11:28 / 02.09.2019
4634

Fuqaroni 23 800 dollarga aldab ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: AFP

2019 yil 29 avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod tuman IIO FMBdan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, shu yil 10 yanvar kuni Yakkasaroy tumanida yashovchi 27 yoshli B.A. Islomobod mahallasida joylashgan avtomashinalarni ta'mirlash ustaxonasi oldida Uchtepa tumanida yashovchi 34 yoshli M.N.ga Qozog‘iston Respublikasidan bug‘doy mahsulotini olib kelib berishini aytib, undan 23800 AQSh dollarini olib bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top