17:01 / 02.09.2019
18767

Polsha prezidenti G8 shaklini qayta tiklashga qarshi chiqdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Polsha prezidenti Anjyey Duda Rossiya ishtirokidagi "Katta sakkizlik" shaklini qayta tiklashga qarshi chiqdi.

"Bu juda murakkab masala. Rossiya bilan bo‘lgan vaziyat juda murakkab", - dedi Duda G7 guruhiga Rossiyaning qo‘shilishi to‘g‘risidagi savolga javoban.

"Katta sakkizlik" shakli 1998 yildan 2014 yilgacha, Qrimdagi voqealar munosabati bilan guruh ishtirokchilari Sochidagi sammitga kelish o‘rniga Bryusselda Rossiya ishtirokisiz to‘planguniga qadar mavjud bo‘lgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyani G7 guruhining navbatdagi sammitiga taklif qilishini aytgandi.

Top