20:19 / 02.09.2019
3
34759

Qur'oni karimni tarjima qilgan tarjimon ayol vafot etdi

Foto: RIA Novosti

Rossiyalik tarjimon va musulmon jamoat arbobi Valeriya Poroxova 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Sprosite u Rasula” Telegram-kanalida ma'lum qilingan. 

Poroxova Qur'oni karimni rus tiliga she'riy tarzda tafsiri bilan tarjima qilgan yagona tarjimon ayol hisoblanadi.

2000 yil aprelda Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi prezidiumi tomonidan “Fanni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun” faxriy nishoni bilan taqdirlangan. Ta'kidlanishicha, uning “Koran. Perevod smyslov i kommentarii” (“Qur'on. Mazmuni tarjimasi va izohlar) kitobi “a'lo darajadagi asar” hisoblanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top