08:05 / 03.09.2019
0
4219

Facebook layklar sanagichidan voz kechishi mumkinligini ma'lum qildi  

Foto: REUTERS

Facebook ma'muriyati ijtimoiy tarmoqda layklar va izohlar sanagichini yashiruvchi funksiyani sinovdan o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu ma'lumot kompaniyada TechCrunch nashriga tasdiqlangan.  

Teskari aloqa bo‘yicha mutaxassis Jyeyn Manchun Vong ijtimoiy tarmoq o‘zining Android-dasturi uchun layklar sanagichini yashiruvchi funksiyani ishlab chiqayotganini ma'lum qilgan. U buni dastur kodini o‘rganayotib payqagan.

Mutaxassisning fikricha, sanagich xabar muallifidan tashqari barchadan yashiriladi. Xabarga layk qo‘ygan yoki izoh qoldirgan foydalanuvchilar ro‘yxati saqlanib qoladi, biroq ularning soni ko‘rsatilmaydi.

“Layklar sanagichining muallifdan boshqalarga yashirilishi foydalanuvchilarga o‘z kontentining mashhurligi borasida kamroq xavotirlanishda yordam berishi mumkin”, deb aytgan Vong.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top