15:50 / 03.09.2019
0
9110

Kobul aholisi shahardagi portlashdan so‘ng mamlakatda xorij qo‘shinlarining bo‘lishiga qarshi namoyishga chiqdi

Foto: REUTERS / Omar Sobhani

Dushanba kuni portlash sodir bo‘lgan Kobul shahri aholisi seshanba kuni mamlakatda xorij qo‘shinlarining bo‘lishiga qarshi namoyishga chiqdi.

Dushanba kuni Kobuldagi PD9 rayonida, xorij kompaniyalari joylashgan Green Village majmuasi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. 

Afg‘oniston IIV vakili Nasrat Rahimiyning ma'lum qilishicha, portlash aholi yashaydigan uylar yaqinida sodir etilgan, ko‘plab binolarga shikast yetgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 16 kishi halok bo‘lgan, 119 kishi yaralangan. 

"Tolibon" harakati hujumdan maqsad ushbu hududda joylashgan xorij kuchlari ekanligini ma'lum qilgan va ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top