20:23 / 03.09.2019
0
7243

Tramp Xitoyga muzokaralarni cho‘zish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Amerika-Xitoy shartnomasi u 2020 yilda prezidentlikka qayta saylanganidan keyin tuziladigan bo‘lsa, shartnoma shartlari hozirgidan ancha keskin bo‘lishi aytdi.

"Men yutib chiqqanimda Xitoyga nima bo‘lishini o‘ylang. Kelishuv yanada keskin bo‘ladi. Shu bilan birga yetkazib beruvchilar tarmog‘i parchalanadi va Xitoy biznesi, ish o‘rinlari va pullari havoga uchib ketadi!" – deb yozdi Tramp o‘z tvitterida.

Tramp AQShning Xitoy bilan avvalgi savdo siyosatidan Vashington yiliga 600 mlrd dollar zarar ko‘rganini ta'kidladi.

Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo muzokaralari may oyida boshi berk ko‘chaga kirib qoldi va o‘shandan buyon yangilanmadi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top