14:49 / 04.09.2019
0
7702

Manba: Rossiya va Ukraina 7 sentyabrda asirlarni almashishni boshlaydi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Filippov

Rossiya va Ukraina hibsda tutib turilgan shaxslarni almashtirish jarayonini ushbu hafta oxirida boshlashi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib "Interfaks" xabar berdi.

"Almashish hafta oxirigacha, aniqrog‘i 7 sentyabrda boshlanishi mumkin", - dedi diplomatik manba.

Boshqa bir manba esa almashish shanba kuniga rejalashtirilganini, ammo bu hozircha dastlabki kelishuv ekanligini aytdi.

"Almashish muddati va shartlari haqida tomonlar hafta o‘rtalarida kelishib olishadi", - dedi u.

Kreml hozircha ushbu xabar borasida izoh bermadi.

Avvaroq Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqotlarida tutqunlikda ushlab turilgan shaxslar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top