12:43 / 04.09.2019
4
74308

Qirg‘izistonda O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi bo‘linmasiga olib ketildi

Foto: REUTERS

Kecha, 3 centyabr kuni «Qadamjoy-avtodorojnyy» nazorat-o‘tkazish punktida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Knews Qirg‘iziston Chegara xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, erkak O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Pasport nazoratidan o‘tish chog‘ida, u 1987 yilda tug‘ilgan Sh.U. ismli shaxs nomiga berilgan pasportni taqdim etgan. Chegara naryadi darhol hujjat egasining fotosurati va uni taqdim etgan shaxsning tashqi ko‘rinishida tafovut mavjudligini aniqladi.

O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Tegishli hujjatlar to‘planganidan so‘ng, u keyingi surishtiruv jarayonlarini o‘tkazish uchun Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top