21:44 / 04.09.2019
2
24622

Turistlar uchun eng xavfli va xavfsiz mamlakatlar reytingi e'lon qilindi

Jahon iqtisodiy forumi (WEF) ekspertlari The Travel and Tourism Competitiveness Report 2019 turistik raqobatbardoshlik xalqaro reytingi doirasida turistlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar nomini ma'lum qildi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Finlyandiya egalladi, undan keyingi o‘rinlarda Islandiya va Ummon joylashdi.

Shuningdek, dastlabki o‘ntalikdan Shveytsariya, Hongkong, BAA, Lyuksemburg, Portugaliya va Yangi Zelandiya o‘rin oldi. Keyingi o‘ntalikda Qatar, Estoniya, Yaponiya, Avstriya, Sloveniya, Ispaniya, Norvegiya, Chexiya, Avstraliya va Bruney joylashgan.

Yon qo‘shnilarimiz Tojikiston 60-, Qozog‘iston 63- va Qirg‘iziston 96-o‘rinda qayd etildi. 

Salvador, Nigeriya, Yaman, Venesuela va Honduras eng xavfli davlatlar deb topildi.

Dunyoning 140 mamlakati o‘rin olgan reytingga O‘zbekiston va Turkmaniston kiritilmagan.

The Travel and Tourism Competitiveness Report 2019 reytingi Jahon iqtisodiy forumi va Yevrosiyo raqobatbardoshlik instituti hamda Strategy Partners konsalting kompaniyasi hamkorligida tuzilgan. Turistik raqobatbardoshlik reytingi 2007 yildan buyon ikki yilda bir marta e'lon qilinadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top