14:35 / 05.09.2019
0
16588

Abe Putinga tinchlik shartnomasi tuzishni taklif qildi

Foto: AP

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Vladimir Putinga Rossiya va Yaponiya o‘rtasida shartnoma tuzishni taklif qildi.  

"Keling, tinchlik shartnomasi tuzamiz va mamlakatlarimizda mavjud cheksiz imkoniyatlar uchun yo‘l ochamiz", - dedi u.

Abe odamlarni kuttirmaslik kerakligini aytdi.

"Vladimir, kel, ikkalamiz maqsadga erishmagunimizgacha harakatdan to‘xtamaslik uchun barcha narsani amalga oshiramiz", - dedi Yaponiya bosh vaziri.

U ikki mamlakat o‘rtasida viza rejimini yumshatishni tezlatishga chaqirdi. 

Yaponiya Rossiya bilan tinchlik shartnomasi imzolashga tayyorligini, ammo avval Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollari masalasi hal etilishi kerakligini ta'kidlab keladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top