20:21 / 05.09.2019
0
5083

Boris Jonsonning ukasi Brexit bo‘yicha ziddiyat sababli parlamentdan ketishga qaror qildi

Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ukasi Jozef Jonson Brexit bo‘yicha ziddiyatlar sababli parlamentdan ketishga qaror qildi. U iyuldan beri ta'lim va biznes ishlari, energetika va sanoat strategiyasi vazirliklarida kichik vazir lavozimini egallab kelgan.

“Oxirgi haftalarda men oilamga sodiqlik va davlat manfaatlari o‘rtasida ezilayotgan edim. Bu hal qilib bo‘lmaydigan ixtilofdir, shu sababli mening deputat va vazir lavozimlarimni boshqa kishilar egallashi vaqti keldi”, deb yozgan Jozef Jonson tvitterda.

Ta'kidlanishicha, Jozef Jonson 2016 yilda akasidan farqli o‘laroq, Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolishi uchun ovoz bergan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top