19:50 / 05.09.2019
3
7364

Odil Ahmedov milliy jamoa tarkibida 100-o‘yinda maydonga tushdi

O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashida Falastin (birinchi bo‘limdan so‘ng 0:0) bilan o‘ynamoqda.

Qayd qilish joizki, bu yarimhimoyachi Odil Ahmedov uchun milliy jamoa tarkibidagi 100-o‘yindir.

31 yoshli futbolchi 2007 yilda O‘zbekiston milliy jamoasida debyut qilgan. Shu vaqtga qadar uning hisobida 19ta gol bor.

Ayni paytda O‘zbekiston milliy jamoasida yuzlik dovonga yetib olgan futbolchilar 5 nafarni tashkil qiladi: Server Jeparov (126 o‘yin), Timur Kapadze (119), Ignatiy Nesterov (105), Anzur Ismailov (102) va Odil Ahmedov (100).

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top