02:02 / 06.09.2019
0
6394

Yevro-2020. Saralash bosqichi. Italiya Armaniston ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Foto: Getty Images

Yevro-2020 saralash bosqichida guruh o‘yinlarining 5-turi boshlandi. J guruhidan o‘rin olgan Armaniston va Italiya milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs ancha shiddatli o‘tdi. 

O‘yinning 11-daqiqasida mezbonlar vakili Karapetyan hisobni ochganiga qaramay, Italiya Pellegrini va Belottining gollari evaziga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Belotti dubl qayd etganini ham qayd etish lozim. Italiyaning g‘alaba qozonishiga mezbonlar tarkibidagi yagona gol muallifi Karapetyanning 45-daqiqada chetlashtirilishi ham yordam berdi.  

Yevro-2020. Saralash bosqichi.  
J guruhi, 5-tur

Armaniston – Italiya 1:3
Gollar: Karapetyan (11) –Belotti (28, 80), Pellegrini (77)
Armaniston: Ayrapetyan, Chalishir, Ambarsumyan, Aroyan, Oganesyan, Mxitaryan, Mkrtchyan, Kazaryan (Babayan, 82), Barsegyan (Adamyan, 57), Karapetyan, Grigoryan (Ovsepyan, 57).
Italiya: Donnarumma, Emerson, Florensi, Bonuchchi, Romanoli, Barella (Sensi, 69), Verratti, Keza (Pellegrini, 61), Jorjino, Bernardeski (Lazanya, 83), Belotti.
Ogohlantirishlar: Kazaryan (26), Karapetyan (26), Verratti (26), Barsegyan (48), Barella (59).
Chetlatish: Karapetyan (45).

Bosniya va Gersegovina –Lixtenshteyn 5:0
Gollar: Goyak (11, 89), Malin (80), Jyeko (85), Vishcha (87).

Finlyandiya – Gretsiya 1:0 
Gol: Pukki (52).

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top